Dunyoda qochqinlar soni 100 mlndan oshdi

Olam

image

Bugun, 23 may kuni dunyoda birinchi marta qurolli to‘qnashuv, zo‘ravonlik va ta’qiblar tufayli o‘z uyini tashlab ketgan qochqinlar va ichki ko‘chirilganlar soni 100 milliondan oshdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi ma’lum qildi.

“Mojarolar, zo‘ravonlik va ta’qiblardan qochishga majbur bo‘lgan odamlar soni tarixda birinchi marta hayratlanarli darajada 100 milliondan oshib ketdi”, deya ta’kidlagan Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarlk.

Idoraning tushuntirishicha, 2021 yil oxirida Afg‘oniston, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Myanma, Nigeriya va Efiopiya kabi mamlakatlardagi zo‘ravonlikning yangi to‘lqinlari yoki cho‘zilgan mojarolar tufayli “dunyoda majburan ko‘chirilganlar soni 90 millionga yetgan”. Bundan tashqari, Ukrainadagi voqealar 2022 yilda “8 million odamning ushbu mamlakat ichida ko‘chirilishiga olib keldi va 6 milliondan ortiq qochqinlar ham ro‘yxatga olingan”.

"Yuz million – bu juda og‘ir raqam, bu ham hayajonli, ham tashvishli. Bu hech qachon o‘rnatilmasligi kerak bo‘lgan rekorddir”, degan BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi.

U qochqinlar va ichki ko‘chirilganlarga insonparvarlik yordami muammoning “davosi emas”ligini eslatgan. 

“Trendni o‘zgartirish uchun yagona javob tinchlik va barqarorlik bo‘lishi mumkin”, deb xulosa qilgan Grandi.


Maqola muallifi

Teglar

qochqin

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing