Dunyo bo‘yicha deyarli 240 mln nogiron bola bor – UNICEF

Olam

image

Dunyo bo‘ylab imkoniyati cheklangan bolalar soni deyarli 240 millionni tashkil etadi. Bu haqda UNICEF o‘zining yangi hisobotida ma’lum qildi.

"Ushbu yangi tadqiqot biz allaqachon bilgan narsalarni tasdiqlaydi: imkoniyati cheklangan bolalar o‘z huquqlarini amalga oshirishda bir nechta va ko‘pincha murakkab muammolarga duch kelishadi", deydi tashkilot ijrochi direktori Genriyetta For.

Genriyetta Forning ta’kidlashicha, imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olish borasida ham e’tiborsiz qolib ketadi. 

Imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom bolalar bilan solishtirganda:

  • rag‘batlantirish va yordam olish ehtimoli 24 foizga kamroq;
  • asosiy o‘qish va hisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘lish ehtimoli 42 foizga kamroq;
  • 25 foizga ko‘proq charchash ehtimoli va 34 foizga o‘sishni kechikishi;
  • o‘tkir respiratorli kasalliklarning yuzaga kelishi ehtimoli 53 foizga yuqori;
  • maktabga hech qachon bormaslik ehtimoli 49 foizga ko‘proq;
  • 47 foizga ko‘proq boshlang‘ich maktabga, 33 foizga o‘rta maktabga va 27 foizga gimnaziyaga bormasligi mumkin;
  • 51 foizdan ko‘prog‘i o‘zini baxtsiz his qiladi;
  • 41 foizdan ko‘prog‘i o‘zini kamsitilgan his qiladi;
  • qattiq jismoniy jazoga duchor bo‘lish ehtimoli 32 foizga ko‘p.

Biroq, imkoniyati cheklangan bolalar bir-biridan juda farq qiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, nogironlik turiga, bolaning qayerda yashashiga va qanday xizmatlardan foydalanishi mumkinligiga qarab, xavf va natijalar spektri mavjud. Bu tengsizliklarni bartaraf etish uchun maqsadli yechimlarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidlaydi.

“Inklyuziv ta’limni hashamat deb bo‘lmaydi. Uzoq vaqt davomida imkoniyati cheklangan bolalar jamiyatdan ajralib qoladi, aslida esa hech qaysi bir bolada bunday bo‘lmasligi kerak. Mening nogiron ayol sifatida o‘tkazgan tajribam bu fikrni tasdiqlaydi”, deydi Bolgariyalik UNICEF faollaridan biri Mariya Aleksandrova.


Maqola muallifi

Teglar

nogironlik

Baholaganlar

12

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing