O‘zbekistondagi nogironligi bor shaxslar soni ochiqlandi

Jamiyat

image

2025 yil birinchi choragi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 1 031 609 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 2,7 foizini tashkil etadi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslarning 173 285 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni, 94 722 nafari – I guruh, 695 372 nafari – II guruh, 67 006 nafari – III guruh nogironligini tashkil qiladi.

Nogironligi bo‘lganlarning 465 645 nafari yoki 45 foizi ayollar, 565 964 nafari yoki 55 foizi erkaklar hisoblanadi.

Nogironligi bo‘lganlarning yoshi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 30 yoshdan pensiya yoshigacha bo‘lganlarda (493 879 nafar) belgilangan.

2025 yilning o‘tgan davri mobaynida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan 17 499 nafar shaxslarga birlamchi, 41 487 nafar shaxslarga qayta nogironlik belgilangan.

Bunda birlamchi nogironlik asosan qon aylanish a’zolari kasalliklari (2 808), suyak-mushak kasalliklari tizimi kasalliklari (1 900), tug‘ma nuqsonlar (1 724), endokrin kasalliklari (1 580), asab tizimi kasalliklari (1 349) bo‘yicha belgilangan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichi Samarqand (110 189), Qashqadaryo (108 041), Farg‘ona (94 395), Andijon (88 470) va Surxondaryo (88 470) viloyatlarida, eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo (38 123), Jizzax (44 496), Navoiy (48 172) va Buxoro (60 446) viloyatlarida kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

nogironlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing