Nogironlikni olish tartibi o‘zgartirildi
Jamiyat
−
16 fevral 2022
10339O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 8 fevraldagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazish ularni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda - TIEK) ko‘rikka yuborish orqali amalga oshiriladi (088/u-sonli shakl). Ko‘rikka, shuningdek, statsionardan berilgan kasallik tarixini, ambulator kartadan ko‘chirmalarni va bemorni ko‘rikka yuborish uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish ham kiradi. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari majlisida ko‘rik to‘liq tarkibda va hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun ichida o‘tkaziladi. Nogironlik belgilangan taqdirda, hujjatlar TIEK tomonidan qabul qilib olingan sana nogironlikning boshlanishi hisoblanadi.
Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tizimining tashkiliy tuzilmasi;
• Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tuzilmasi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining, tumanlararo, tuman (shahar), ixtisoslashtirilgan va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmalari;
• Zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar o‘tkazish uchun biriktirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari ro‘yxati.
LiveBarchasi