Dunyodagi ishsizlar soni ma’lum bo‘ldi

Olam

image

2019 yil yakuniga ko‘ra, butun dunyoda ishsiz bo‘lgan odamlar soni 188 mlnga yetdi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich yana 2,5 mlnga ko‘payishi mumkin. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkilotining bandlik bo‘yicha hisobotida aytilgan.

Hisobotda ishsizlar sonining ko‘payishi ishga yaroqli aholi sonining ortishi va yangi ish o‘rni yaratilishi darajasining nomutanosibligi bilan izohlangan. Shu bilan birga, dunyoda ishlovchi kambag‘allar soni ortib boryapti.

Bundan tashqari, hisobotdan quyidagilar ta’kidlangan:

•    165 mln odam o‘z mehnati uchun kam maosh oladi;
•    120 mln odam rasman ishsiz hisoblanmaydi, shu bilan birga ishlamaydi ham;
•    umumiy hisobda mehnat bozoridagi inqiroz 470 mln odamga ta’sir o‘tkazadi:
•    630 mln mehnatkash, ya’ni ishlovchi har beshinchi odam, kambag‘allikda kun kechiradi;
•    15-24 yosh oralig‘idagi ishsiz yoshlar soni 267 mlnni tashkil etadi.

XMT hisobotida mehnat bozoridagi tengsizlikka e’tibor qaratilgan. Yangi ma’lumotlardan kelib chiqib, tadqiqotchilar bugungi kunda daromaddagi tengsizlik avvalgidan ham yuqori ekanini ta’kidladi. Bunday holat, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarga xos.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ishsizlik 2019 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra 8,9 foizga teng bo‘lgan. O‘zbekiston ham rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

ishsizlik

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing