Dunyoda ilk bor 5G tarmog‘i ishga tushdi

Texnologiya

image

Shvetsiyaning Tele2 telekompaniyasi bugun, 25 may kuni mamlakatda mobil tarmog‘ning yangi avlodi – 5G ishga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda konsernning press-relizida xabar berildi.

"Bugun juda katta kun. Biz Shvetsiyaning Stokgolm, Geteborg va Malmyo shaharlarida ilk bor 5G tarmog‘ini ishga tushiramiz. Men Shvetsiyaning bu borada ostona vazifasini o‘tayotganidan bag‘oyat xursandman”, dedi Tele2 kompaniyasi rahbari Anders Nilsson.

Yangi texnologiya 1 Gbit / s tezlikda axborot uzatish tezligini ta’minlaydi. Bu 4G avlodiga qaraganda deyarli 4 baravar yuqori deganidir. Ayni paytda, bugungi kunda muomaladagi telefonlarning aksariyati yangi avlod mobil aloqasidan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Faqatgina cheksiz internetdan foydalanayotgan Tele2 mijozlari avtomatik ravishda 5G tarmog‘iga ulanishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing