Dunyoda eng ishonchli darvozabon nomi ma’lum qilindi

Sport

image

“Real” va Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua La Ligadagi eng ishonchli darvozabonlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. Bundan tashqari, golkeper “Marca” nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada dunyodagi eng ishonchli darvozabon, deya e’tirof etildi.

Ispaniya chempionatining 28 o‘yinida Kurtua 18 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu unga Rikardo Samoro kubogi uchun da’vogarlar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga imkon berdi. Ushbu kubok eng kam gol o‘tkazib yuborgan darvozabonlarga beriladi.

Kurtuaning ko‘rsatkichi har bir o‘yinda 0,64 ta golga to‘g‘ri kelgan. Ikkinchi pog‘onada poytaxtning “Atletiko” jamoasi sharafini himoya qilayotgan sloveniyalik Yan Oblak (0,71), uchinchi o‘rinda “Atletik” darvozaboni Unai Simon (0,86) qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing