Dunyoda bezgak kasalligiga chalinish holatlari oshmoqda – JSST

Salomatlik

image

2023 yilda dunyo bo‘yicha bezgakka chalinganlar soni 263 million nafarni tashkil etdi va ushbu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 11 million nafarga ortdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida so‘z boradi. 

Ma’lum qilinishicha, bemorlardan 597 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. Vafot etganlarning katta qismi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Epidemiyadan asosan Afrika mintaqasi aholisi aziyat chekmoqda. 

JSST rahbari Tedros Gebreisusga ko‘ra, zamonaviy tibbiyot yutuqlari hisobga olinsa, hech kim bezgakdan o‘lmasligi kerak. Hozir bunga qarshi kurashish vositalari mavjud. Bu boradagi profilaktika, diagnostika va davolash usullari samaradorligi ham yuqori.

Qolaversa, so‘nggi yillarda bezgakka qarshi ikkita vaksina yaratilgan. Emlash orqali har yili o‘n minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin.

Shunga qaramay, Afrika mintaqasi aholisi, ayniqsa, bolalar va homilador ayollar bu kasallik qurboniga aylanmoqda. Ekspertlar infeksiya o‘choqlari aniqlangan mamlakatlarga ko‘mak berish yo‘li bilan epidemiyani jilovlash imkoni bor, degan fikrda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST sil kasalligiga chalinishning global monitoringini boshlaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgani haqida xabar berilgandi. Hisobotga ko‘ra, sil kasalligi bo‘yicha 2023 yilda 8,2 million kishiga tashxis qo‘yilgan, 2022 yilga nisbatan 0,7 millionga ko‘pdir.


Maqola muallifi

Teglar

JSST bezgak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing