Dunyo yetakchilari Kiyevda. Ular qanday maqsadni ko‘zlagan?

Olam

image

Bugun, 3 aprel kuni Ukraina poytaxti Kiyevga bir qancha davlat va tashkilotlar rahbarlari bordi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Emine Japarova Twitter'dagi sahifasida xabar qildi.

Aytilishicha, Yevropa Kengashi Bosh kotibi Mariya Pejchinovich-Burich bugun, 3 aprel kuni ertalab Kiyevga borgan. Shuningdek, Ukrainaga Vengriya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Levente Madyar ham kelgan.

Bundan tashqari, UNESCO Bosh direktori Odri Azule va Germaniya vitse-kansleri, Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek nemis ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat kichik delegatsiya bilan Kiyevga kelgan.

Xabekning tashrifi xavfsizlik nuqtai nazaridan sir tutilgan. Safarning asosiy mavzulari Ukrainani qayta tiklash va energetika sohasidagi hamkorlik bo‘lishi kutilmoqda. Vazirga Germaniya sanoat ittifoqi rahbari Zigfrid Rusvurm hamrohlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Evropa Kengashi UNESCO Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing