Dunyo Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda g‘alaba qozonishi kerak – Zelenskiy
Olam
−
23 avgust 2022
4860Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Qrimning Ukrainaga qaytarilishi Yevropadagi eng katta urushga qarshi harakat bo‘ladi.
“Rossiya istilosi barchamiz uchun chinakam jannat bo‘lgan Qrimni qaram va tushkun mintaqaga aylantirdi: baland panjaralar, tikanli simlar va qonunbuzarliklar hududiga, ekologik halokat zonasiga va tajovuz uchun harbiy tayanch nuqtasiga. 24 fevraldan buyon bosib olingan Qrimdan shaharlarimiz va mahallalarimiz tomon 750 xil qanotli raketalar uchirildi. Ular kamida yuzlab fuqarolik ob’ektlarini vayron qildilar: maktablar, universitetlar, oddiy turar-joy binolari. Shuning uchun Ukrainaning Qrim yarimoroli ustidan nazoratini tiklash Yevropadagi urushga qarshi eng yirik qadam bo‘ladi”, deydi Zelenskiy bugun, 23 avgust kuni Qrim platformasi onlayn sammitining ochilishida so‘zlagan nutqida.
Uning fikricha, bu xavfsizlik va adolatni qaytaradi, Qrimni zamonaviy dunyoga qayta integratsiya qiladi.
“Men terrorni yengish, Yevropada mintaqamiz xavfsizligini tiklash uchun butun dunyo Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda g‘alaba qozonishi kerak, deb hisoblayman. Qrimni ishg‘oldan ozod qilish kerak. Qayerda boshlangan bo‘lsa, shu yerda tugaydi”, deya xulosa qildi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni Qrim platformasining ikkinchi sammiti boshlandi. Tadbir onlayn tarzda o‘tkaziladi. 60 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar Qrim platformasining ikkinchi sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, shulardan 40 ga yaqini Prezidentlar va Bosh vazirlar darajasida.
Sammitda onlayn qatnashgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara Qrimning anneksiya qilinishini tan olmasligini, bu qadamni noqonuniy deb bilishini, buni voqealarning birinchi kunidanoq ochiq e’lon qilayotganini aytdi.
LiveBarchasi