“Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli jurnalisti vafot etdi

Jamiyat

image

“Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi. Bu haqda telekanal xodimi Elmira Tuxvatullina o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 12 sentyabr kuni kechqurun Ramina Yagafarova Chilonzor tumanidagi xususiy klinikada davolanayotgan onasining dorisidan bir dona ichgan, oradan 10-15 daqiqa o‘tib esa unda tutqanoq kuzatilgan va hushini yo‘qotgan.

Klinika shifokorlari tomonidan unga birinchi yordam ko‘rsatilgan va boshlovchi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq 13 sentyabr kuni Yagafarovada yana tutqanoq kuzatilib, unda biologik o‘lim qayd etilgan.

“Yaqinda men Ramina bilan gaplashgandim, u suratga olish borasida maslahatlashayotgan edi va shu yakshanba kuni Anna German xotirasiga bag‘ishlangan “Muhabbat aks-sadosi” festivalini yoritmoqchi edi. Shuningdek, u o‘g‘li bilan dengizga borishni orzu qilar edi. Oila a’zolariga hamdardlik izhor qilaman”, deb yozgan Elmira Tuxvatullina.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Dunyo bo'ylab amina Yagafarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing