Dunyo bo‘ylab millionerlar soni sezilarli darajada kamaydi
Olam
−
02 iyun 2023
3825Capgemini konsalting kompaniyasi so‘nggi 10 yil ichida millionerlar sonining eng katta qisqarishini qayd etdi. Bu bo‘yicha kompaniya tadqiqot o‘tkazgan.
Keltirilishicha, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab millionerlar soni sezilarli darajada kamaygan. 21,7 millionga yaqin kishining (o‘tgan yilga nisbatan 3,3 foizga kam) boyligi ko‘chmas mulkni hisobga olmaganda, 1 million dollardan ortiq bo‘lgan.
Oqibatda dunyoning eng badavlat kishilarining umumiy boyligi 3,6 foizga kamayib, 83 trillion dollarni tashkil qilgan.
"Bu makroiqtisodiy va geosiyosiy noaniqlik tufayli o‘n yil ichida eng katta qisqarish", deyiladi tadqiqotda.
Kompaniyaning moliyaviy ekspertlari 71 davlatdagi mulk holatini tahlil qilgan. Qayd etilishicha, eng ko‘p kamayish Shimoliy Amerikada – 7,4% kuzatilgan.
Yevropada – 3,2, Osiyo va Tinch okeanida esa – 2,7% darajasi qayd etilgan.
Shu bilan birga, Afrika, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqdagi mulk, aksincha, Ukrainadagi urush fonida, birinchi navbatda, neft va gaz narxining oshishi hisobiga ko‘paygan.
LiveBarchasi