Dunyo bo‘ylab majburiy ko‘chirilish rekord darajaga yetdi – BMT
Olam
−
14 iyun
2367Bu yil va o‘tgan yili dunyoda majburiy ko‘chirishning tarixan yuqori darajasi kuzatildi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasining 2024 yilga mo‘ljallangan yillik hisobotida aytiladi. Uning matni BMT matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, 2024 yil may oyida ichki ko‘chirilganlar soni 120 million kishiga ko‘paygan.
“Bu ko‘rsatkich ketma-ket 12 yil davomida o‘sib bormoqda. Buning sababi davom etayotgan inqirozlar va yangi mojarolar”, deyiladi xabarda.
BMT ko‘rsatkichlarning keskin oshishiga asosiy sabab Sudandagi mojaro bo‘lib, buning oqibatida 2023 yil oxirigacha 10,8 million kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Bundan tashqari, o‘tgan yili Kongo Demokratik Respublikasi va Myanmadagi janglar tufayli millionlab odamlar o‘z uylarini tashlab ketgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azo sektori aholisining qariyb 75 foizi (taxminan 1,7 million kishi) o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Shu bilan birga, Suriya mamlakat ichida va tashqarisida ko‘chirilganlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatadi: 13,8 million kishi o‘z chegaralari ichida va chet elga majburan ko‘chirilgan.
“Ulkan va ortib borayotgan bu raqamlar ortida son-sanoqsiz insoniy fojialar yotadi. Bu azob-uqubatlar xalqaro hamjamiyatni majburiy ko‘chirilish sabablarini bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga undashi kerak”, deydi BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi.
BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi hisobotida ta’kidlanishicha, mojarolar tufayli o‘z uylarini tashlab ketgan odamlarning aksariyati o‘z mamlakatlaridan ham bosh olib ketgan. Bu raqam 68,3 millionga yetgan, bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yil ichida qariyb 50 foizga ortganini anglatadi. Bundan tashqari, qochqinlar va xalqaro himoyaga muhtoj shaxslar soni 43,4 million kishiga ortgan.
“Urishayotgan tomonlar urushning asosiy qonunlari va xalqaro huquqni hurmat qilishni boshlash vaqti keldi. Gap shundaki, mojarolarni bartaraf etish, inson huquqlari poymol etilishiga barham berish va iqlim inqirozini hal qilish bo‘yicha hamkorlik hamda birgalikdagi sa’y-harakatlarsiz ko‘chirilganlar soni ortib boraveradi”, deydi Grundi.
Hisobotga ko‘ra, 2023 yilda dunyo bo‘ylab besh milliondan ortiq ichki ko‘chirilganlar va bir millionga yaqin qochqin uylariga qaytgan. O‘sha yili ko‘chirilganlar soni 154,3 ming kishiga ko‘paydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi o‘tgan yili millionlab odamlar uylariga qaytganini aytib, bu ma’lumotni umid chaqnashi deb atadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turkning so‘zlariga ko‘ra, yechimlar allaqachon mavjud.
“Biz Keniya kabi davlatlar qochqinlar integratsiyasi bo‘yicha yetakchilik qilayotganini ko‘rdik – lekin bu tomonlardan haqiqiy majburiyatlarni olishlarini talab qiladi”, deydi u.
Volker Turk, shuningdek, qochqinlar va ularni qabul qiluvchi jamoalar birdamlik va yordamga muhtojligini qo‘shimcha qildi.
“Ular jamiyatga qo‘shilsa, jamiyatga hissa qo‘shishi mumkin va buni qiladilar”, deydi komissar.
LiveBarchasi