2024 yil gumanitar xodimlar uchun eng halokatli yil bo‘ldi – BMT

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2024 yilda halok bo‘lgan insonparvarlik yordami xodimlari soni avvalgi barcha ko‘rsatkichlardan oshib ketdi va bu yil butun dunyo bo‘ylab yordam ko‘rsatuvchi xodimlar uchun tarixdagi eng halokatli yil bo‘ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yildagi 281 kishi o‘limining asosiy sababi Yaqin Sharqdagi zo‘ravonlikning kuchayishiga bog‘liq. Bu raqam 2023 yilda qayd etilgan 280 ta o‘lim bo‘yicha oldingi rekorddan oshib ketgan.

“2024 yil dunyodagi eng qiyin sharoitlarda ishlaydigan gumanitar xizmat xodimlari uchun eng fojiali yil bo‘ldi”, degan OCHA vakili Yens Lerke Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Bundan tashqari, Afg‘oniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Sudan, Ukraina, Janubiy Sudan, Yaman va boshqa mamlakatlarda tahdidlarning yuqori darajasi qayd etilgan.

Hisobotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning umumiy sonidan 268 nafari mahalliy xodimlar, 13 nafari esa xalqaro xodimlar bo‘lgan. Lerke bu raqamlar gumanitar hamjamiyatni hayratda qoldirayotganini ta’kidlagan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil-HAMAS o‘rtasidagi mojaro boshlanganadan beri ushbu 13 oylik urush paytida 44 mingdan ortiq odam, shu jumladan ayollar va bolalarning katta qismi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yil ham butun dunyo bo‘ylab yordam xodimlari uchun eng halokatli yil bo‘lgani xabar qilingandi. 2023 va 2024 yillarda o‘ldirilgan yordam xodimlari soni yuqori bo‘lgan mintaqalar Sudan va Janubiy Sudan edi. 2024 yilning 7 avgustiga kelib, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab halok bo‘lgan gumanitar yordam xodimlari soni 172 kishiga yetgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing