Rossiya BMTni favqulodda yig‘ilishga chaqirdi – OAV
Olam
−
09 dekabr
10334Rossiya Suriyada Bashar Asad rejimi qulagani sababli BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yopiq yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
“Suriyadagi so‘nggi voqealarning mamlakat va butun mintaqa uchun chuqurligi va oqibatlari hali to‘liq tushunilmagan bo‘lsada, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida shoshilinch yopiq maslahatlashuvlar o‘tkazishni so‘radi”, degan u.
Shuningdek, u maslahatlashuvlar bugun, 9 dekabr kuni tushdan keyin bo‘lib o‘tishini so‘ralganini ta’kidlagan. Ma’ruzachilar BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari DiKarlo va Bosh kotibning tinchlik operatsiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Jan-Per Lakrua bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 9 dekabr kuni Rossiya hukumati Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘andan Suriyada joylashgan harbiy bo‘linmalarini xavfsiz evakuatsiya qilishda yordam so‘ragani xabar qilingandi. Qayd etilishicha, rossiyalik askarlar Turkiyaning harbiy qismlari joylashgan hududga yuborilib, so‘ngra havo orqali Rossiyaga qaytarilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi