Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar O‘zbekiston aholisi sonidan ham oshib ketdi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 34 milliondan oshdi. Worldometers’ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar 34 million 159 512 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan sog‘ayganlar esa 25 million 430 643 kishiga yetgan. Bemorlarning 1 million 18 793 nafari vafot etgan 

Kasallanish holatlari bo‘yicha yuqori o‘rinda AQSH bormoqda. Mamlakatda 7 million 447 282 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 211 740 nafari vafot etgan. 4 million 699 706 kishi sog‘aygan. 

Keyingi o‘rinda esa Hindiston turibdi. Hind diyorida 6 million 312 584 kishi ushbu xavfli virusni yuqtirib olgan. Bemorlarning 98 708 nafari vafot etgan, 5 million 273 201 kishi ushbu virusdan sog‘aygan. 

Uchinchi o‘rinni Braziliya egallamoqda. Mamlakatda ushbu virusni yuqtirib olganlar 4 million 813 586 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 143 962 nafari vafot etgan. Jami 4 million 180 376 kishi sog‘aygan. 

To‘rtinchi o‘rinni Rossiya egallamoqda. Mamlakatda 1 million 176 286 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 20 722 nafari vafot etdi, 958 257 nafari sog‘aydi. 

Beshinchi o‘rinda borayotgan Kolumbiyada 829 679 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Bemorlarning 25 998 nafari vafot etgan, 743 653 bemor sog‘aygan. 

Keyingi o‘rinni Peru egallamoqda. Ushbu mamlakatda 814 829 koronavirus yuqtirib olgan. Bulardan 32 463 nafari vafot etgan, 683 815 nafar sog‘aygan. 

Yevropa mamlakatlari orasida yuqori o‘ntalikka kirgan birinchi mamlakat Ispaniya. Bu yerda 769 188 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 31 791 nafari vafot etgan. Sog‘aygan bemorlar haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. 

Sakkizinchi o‘rinda Argentina bormoqda. Ushbu virusga chalinganlar 751 ming kishini tashkil etmoqda. Ularning 16 937 nafari vafot etgan, 594 645 kishi sog‘aygan. 

To‘qqizinchi o‘rinni Meksika egallagan. Ushbu mamlakatda 743 216 kishi koronavirusni yuqtirgan. Mamlakat koronavirus yuqtirilishi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, o‘lim holatlari bo‘yicha 4-o‘ringa chiqib olgan. Meksikada 77 646 kishi ushbu xavfli virusdan vafot etgan. 

10-o‘rinni esa Janubiy Afrika Respublikasi egallamoqda. Mamlakatda 674 993 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 16 734 nafari vafot etgan, 608 112 kishi sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing