Dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas – JSST rahbari
Olam
−
13 fevral
4826Dunyoning diqqat-e’tibori boshqa inqirozlarga qaratilgani va insoniyat yangi pandemiyaga tayyor emasligi sababli koronavirus saboqlari unutilishi mumkin. Bu fikrni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytdi.
"Biz olgan og‘riqli saboqlar (COVID-19 pandemiyasidan) unutilib ketish xavfi ostida, chunki e’tibor dunyomiz duch kelayotgan boshqa ko‘plab inqirozlarga qaratiladi", deydi JSST rahbari Dubaydagi Jahon hukumati sammitida.
Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, agar dunyo o‘z saboqlarini o‘rganmasa, keyingi safar bu "qimmatga tushadi". JSST rahbarining ta’kidlashicha, yangi pandemiya gripp virusi, yangi koronavirus yoki biz haligacha bilmagan yangi patogen, "X kasalligi" deyiladigan virus sabab bo‘lishi mumkin.
"Vaziyatga ko‘ra, dunyo keyingi X kasalligi va keyingi pandemiyaga tayyor emas. Agar bu ertaga sodir bo‘lsa, dunyo biz COVID-19 bilan duch kelgan ko‘plab muammolarga duch keladi ", deydi Gebreyesus.
Shuningdek, JSST rahbari mamlakatlarni pandemiyaga tayyorlik bo‘yicha xalqaro shartnomani ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlashuvlar chog‘ida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqirgan.
Gebreyesusning eslatishicha, “X kasalligi” atamasi birinchi marta 2018 yilda JSST tomonidan mutaxassislar hech narsa bilmaydigan, ammo tayyorgarlik ko‘rish mumkin bo‘lgan kasallikni bildirish uchun ishlatilgan.
LiveBarchasi