Dunyo bo‘ylab bolalar o‘limi rekord darajada pastladi – BMT 

Olam

image

2022 yilda dunyo bo‘ylab 5 yoshgacha o‘layotgan bolalar soni rekord darajada past bo‘ldi. Bu haqda UNICEF’ning sog‘liqni saqlash bo‘yicha direktori Helga Fogstad ma’lum qildi.

“Yaxshi xabarlar ko‘p, asosiysi shundaki, biz besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining tarixan past darajasiga yetdik, bu birinchi marta 5 milliondan kam, ya’ni yiliga 4,9 millionni tashkil etdi”, deydi u.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda 4,9 million bola besh yoshga to‘lmasdan vafot etgan, bu 2000 yilga nisbatan 51 foizga va 1990 yilga nisbatan 62 foizga kam.

Biroq, hisobot mualliflari bu taraqqiyot “barqaror” va notekis ekanligi haqida ogohlantirmoqda.

UNICEF tomonidan JSST va Jahon banki bilan hamkorlikda tayyorlangan hisobotda, ayniqsa, erta yoshdagi bolalar o‘limi 2000 yildan beri 75 foizdan ko‘proqqa kamaygan Malavi, Ruanda va Mo‘g‘uliston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda muvaffaqiyatlar qayd etilgan. 

“Erishilgan o‘sishga qaramay, millionlab oilalar hali ham har yili, ko‘pincha tug‘ilganidan keyingi birinchi kunlardayoq bolasini ayanchli tarzda yo‘qotishdan aziyat chekmoqda. Bolalarning qayerda tug‘ilishi ularning yashashi yoki yashamasligini aniqlamasligi kerak. Har bir ayol va bolaning, jumladan, favqulodda vaziyatlarda va chekka hududlarda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega”, deydi JSST direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

BMTning qayd etishicha, agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, 59 davlat besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini qisqartirish bo‘yicha ko‘zlangan maqsadga erisha olmasligi, 64 davlat esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limini qisqartirish bo‘yicha maqsadni qo‘ldan boy berishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, bu 2030 yilga borib 35 million bola besh yoshga to‘lmasdan vafot etishini anglatadi. Ushbu o‘limlar asosan Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika, Janubiy Osiyo hamda boshqa past va o‘rta daromadli mamlakatlarda yuz berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

bolalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing