Dunyo AQSHning yetakchiligiga muhtoj – Blinken
Olam
−
28 yanvar 2021
4177AQSHning yangi Davlat kotibi Entoni Blinken xalqaro hamjamiyat Vashingtonning yetakchiligiga muhtojligini aytdi.
Davlat kotibining fikricha, dunyodagi global muammolarni yaxshiroq hal qilishda aynan Vashington katta rol o‘ynaydi.
"Dunyo Amerikaning yetakchilik roliga muhtoj va biz uni o‘ynaymiz, chunki dunyo AQSH bilan birgalikda muammolarni hal qilish va yengish imkoniyatiga ega bo‘ladi", degan u AQSH Davlat departamentidagi o‘zining qutlov nutqi paytida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, endi dunyo AQSH koronavirus pandemiyasi, iqtisodiy inqiroz, iqlim o‘zgarishi kabi zamonaviy muammolarga qarshi qanday kurashishini kuzatadi.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yanvar kuni AQSH Senati 58 yoshli Entoni Blinkenni Davlat kotibi lavozimiga tasdiqladi.
LiveBarchasi