Dunyo aholisining 281 millioni muhojirlardir – BMT

Olam

image

2020 yilda dunyo bo‘ylab muhojirlarning umumiy soni 281 millionga yaqinlashdi. Bu dunyo aholisining 3,6 foiziga to‘g‘ri keladi. Ushbu ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining 18 dekabr xalqaro migrantlar kuni munosabati bilan bergan hisobotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2019 yilda migrantlarning soni 272 million kishini tashkil qilgan. 2000 yilda ularning soni 173 millionga yaqin bo‘lgan. Biroq, xalqaro migrantlarning dunyo aholisining umumiy sonidagi ulushi so‘nggi o‘n yilliklarda deyarli o‘zgarmagan: 2017 yilda 3,4 foiz, 2000 yilda 2,8 foiz va 1980 yilda 2,3 foiz.

Hisobotda qayd etilishicha, bugungi kunda dunyoda 70 million majburiy ko‘chirilganlar bor. Undan 26 millioni qochqinlar, 3,5 millioni boshpana izlovchilar va 41 milliondan ortig‘i ichki ko‘chirilganlar.

Xalqaro migratsiya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘ylab migrantlar soni 272 millionni tashkil qilgan, bu 2017 yilga nisbatan 14 millionga ko‘p.

Hisobotda ta’kidlanishicha, migrantlarning 48 foizi ayollardir. Migrantlarning 38 millionga yaqini bolalar, 4,4 million nafari talabalar va 164 million nafari mehnat muhojirlari hisoblanadi. Ularning 75 foizi mehnatga layoqatli yoshdagi (20-64 yosh) odamlardir. Va migrantlarning deyarli 31 foizi Osiyoda, 30 foizi Yevropada, 26 foizi Amerikada, 10 foizi Afrikada va 3 foizi Okeaniyada yashaydi.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda boshqa davlatlarda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik migrantlar soni 2 million 600 nafarni tashkil qilgan. Biroq, norasmiy ma’lumotlarda ularning soni bundan ko‘p bo‘lishi mumkin. 

Aytish joizki, o‘zbek muhojirlarining katta qismi Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya davlatlarida mehnat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing