Dublindagi tartibsizliklar hali beri to‘xtamaydi

Olam

image

Kecha, 23 noyabr kuni Dublinda sodir bo‘lgan tartibsizliklar yaqin kunlarda ham takrorlanishi mumkin. Bu haqda Irlandiya Bosh vaziri Leo Varadkar ma’lum qildi.

“Politsiya bu voqealar dam olish kunlari va yaqin kunlarda ham takrorlanishi mumkin, deb hisoblayapti”, degan Bosh vazir Irlandiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, kelgusi haftalarda politsiyaga kecha to‘plangan video kuzatuv ma’lumotlaridan yaxshiroq foydalanish imkonini beradigan yangi qonunlar ishlab chiqiladi.

“Biz nafrat uyg‘otishga qarshi kurashish uchun qonunchiligimizni yangilaymiz”, degan Leo Varadkar.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, namoyishlar tashkilotchilari o‘z faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda muvofiqlashtirib boradi. Shu munosabat bilan rasmiylar onlayn muhitda zo‘ravonlikka chaqiriqlar uchun javobgarlikni kuchaytirish niyatida.

Varadkarning aytishicha, namoyishlarda jami 500 ga yaqin odam qatnashgan.

"Biz Irlandiyani qaytarib olishimiz kerak. Biz uni yuzlarini niqoblar ortiga yashirgan va bizni zo‘ravonlik bilan qo‘rqitishga urinayotgan qo‘rqoqlar qo‘lidan qaytarib olishimiz kerak. Biz o‘nlab yillar davomida bunday tartibsizlikni ko‘rmaganmiz", deya ta’kidlagan Bosh vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 400 nafar politsiyachi kecha yarim tungacha vaziyatni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan.


Shuningdek, u Dublindagi vaziyat hozir tinch ekanligiga ishontirgan va huquq-tartibot idoralari xodimlarining ko‘payishiga qaramay, fuqarolarni “odatdagidek o‘z ishlarini davom ettirishga” chaqirgan.

Qayd etish joizki, 1960 yillarda otasi Hindistondan Buyuk Britaniyaga borgan va keyinchalik Irlandiyaga ko‘chib o‘tgan Bosh vazir kechagi voqealardan respublikaga boshqa mamlakatlardan kelgan “yuz minglab odamlar”ni “qo‘rqitishi” mumkinligini tan olgan. 

“Ammo hokimiyat zo‘ravonlikning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi”, degan Varadkar.

Eslatib o‘tamiz, 23 noyabr kuni Irlandiya poytaxti Dublin markazida erkak pichoq bilan o‘tkinchilarga hujum qilgandi. Oqibatda besh kishi, jumladan, uch bola shifoxonaga yotqizildi. Oradan ko‘p o‘tmay hujumchi jazoirlik erkak ekani haqidagi xabarlar tarqaldi va ko‘plab odamlar shahar ko‘chalariga chiqib tartibsizlik keltirib chiqara boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

tartibsizlik Irlandiya Dublin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing