Dublinda noma’lum erkak bolalarga pichoq bilan hujum qildi

Olam

image

Kecha, 23 noyabr kuni Irlandiya poytaxti Dublin markazida erkak pichoq bilan o‘tkinchilarga hujum qildi. Oqibatda besh kishi, jumladan, uch bola shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakat politsiyasi xabar berdi.

Irlandiya Bosh vaziri Leo Varadkarning aytishicha, hozirda politsiya gumonlanuvchini hibsga olgan. Hujum oqibatida bir qiz va bir voyaga yetgan ayol og‘ir yaralangan, yana ikki nafar bola yengil jarohat olgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Dublindagi Parnell maydonidagi bolalar bog‘chasi yaqinida sodir bo‘lgan. 

Voqea joyida 20 ga yaqin politsiyachi bo‘lgan, huquq-tartibot idoralari vakillarining bildirishicha, ular darhol o‘rab olingan.

“Bu hujum barchamizni larzaga keltirdi va men jinoyatchining javobgarlikka tortilishiga shubha qilmayman. Biroq men hujumga uchragan begunoh bolalar va ayollardan havotirdaman”, deydi Varadkar bayonotida.

Hujum sabablari hozircha aniqlanmagan. 

Internetda hujumchining asli jazoirlik ekani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda, biroq buning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Politsiya jinoyatchining millati haqida izoh berishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

hujum Dublin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing