Dubl qayd etganimda yaxshiroq bo‘lardi – Shomurodov

Sport

image

“Roma” va “Yuventus” o‘rtasidagi A Seriya 31-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvdan keyin Rim klubi safida gol urgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Eldor ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 49-daqiqadayoq turinliklar darvozasiga gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

“Maydonga chiqishdan oldin murabbiy Raneri Dovbikni hujumda qo‘llab-quvvatlashimni so‘radi. Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshladik, afsuski, g‘alaba qozona olmadik. Bizda ikkinchi gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Vaholanki, “Yuventus”ga qarshi o‘yindagi bir ochko yaxshi natija”, deydi Shomurodov.

Hujumchi gol urganidan xursandligini yashirmay, ko‘proq gol urmoqchi bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

“Albatta, xursandman. Ammo dublga erishganimda, yanada xursand bo‘lardim. Keyingi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz va shu saviyadagi o‘yinni davom ettirishimiz kerak. Asosiysi, muxlislarni xursand qilish”, deydi hujumchi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli o‘zbekistonlik forvard joriy mavsumda “Roma” safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing