Dubaydagi auksionda dunyodagi eng katta kartina sotildi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyalik rassom Sasha Jafri tomonidan chizilgan dunyodagi eng katta "The Journey of Humanity" ("Insoniyat sayohati") nomli kartina Dubaydagi auksionda 62 million dollarga sotildi. Bu haqda "Khaleej Times" xabar bergan. 

Rasmning kattaligi ikkita futbol maydonining o‘lchamiga teng. 

Jafri o‘z asari ustida sakkiz oy ishlagan. U suratni Dubaydagi Atlantis mehmonxonasida chizgan va kartina uchun bir sutkada 20 soatdan vaqt ajratgan. 

Dastlab, dunyodagi eng katta kartinani bir necha qismlarga bo‘lib, ularni dunyoning turli mamlakatlaridagi oltita auksionda taxminan 30 million dollardan sotish rejalashtirilgan. 

Britaniyalik suratdan tushgan pullarni UNESCO, UNICEF va boshqa tashkilotlarning bolalarga yordam berishga qaratilgan xayriya loyihalari uchun sarflamoqchi. 

Javrining aytishicha, uning asosiy maqsadi 200 million bolaning hayotini saqlab qolishdir. 

U daromad har bir bolaga internetda ta’lim olish imkoniyatini berishini va internetni eng qashshoq mamlakatlarda yashovchilarga taqdim etishini istaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, "The Journey of Humanity" kartinasi kriptovalyuta bilan shug‘ullanuvchi firma rahbari Andre Abdun tomonidan sotib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay auktsion kartina

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing