Dubayda o‘zbek oshpazi bir tonna osh damladi (foto)
Olam
−
09 dekabr 2021
20824Kecha, 8 dekabr kuni Dubay (BAA) shahrida bo‘lib o‘tayotgan “EXPO-2020” Butunjahon ko‘rgazmasining O‘zbekiston kuni doirasida milliy pavilonda 1000 kilogrammlik bayram palovi tayyorlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Gastronomik tadbir milliy taomlar bo‘yicha oshpaz Bahriddin Chustiy tashabbusi bilan o‘tkazilgan va unga mamlakatning eng sara oshpazlari yordam bergan.
Taom tayyorlash jarayoni O‘zbekiston milliy paviloniga kiraverishda o‘rnatilgan ulkan ekranda onlayn shaklda translyatsiya qilingan.
“O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan tantanaga kelganlarning ko‘pchiligini palovning xushbo‘y hidi, karnay va surnaylarning baland ovozdagi chaqiruvi o‘ziga tortdi.
Afsonaviy o‘zbek palovidan tatib ko‘rish uchun odamlarning uzundan-uzoq navbatga turgani oshpazlarimizning mahoratiga, milliy taomlarimiz tantanasiga berilgan yuksak baho bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “EXPO-2020” Butunjahon ko‘rgazmasi joriy yilning 1 oktyabr kuni ochilgan. Tadbir 2022 yilning 31 martigacha davom etadi.