Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mushkul ahvolda qolgan 3 nafar ayol O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik I.X., I.G. va uning voyaga yetmagan farzandi I.M. 2024 yil 22 dekabr kuni yaqin qarindoshining taklifi bilan BAAga borgan va Dubay shahrida ijara uyga joylashgan. O‘tgan vaqt mobaynida ular BAAda bo‘lish uchun viza rasmiylashtirmasdan noqonuniy yashab kelgan.

Mehmonlarni BAA taklif qilgan shaxs 23 fevral kuni Qatarga chiqib ketayotganini aytib, aloqani uzgan. Mart oyi boshida xonadon egasi ijara pulini to‘lash kerakligini, agar ijara puli to‘lanmasa, xonadonni tark etishni talab qilib, o‘zbekistonliklarni ko‘chaga haydagan.

Ayollar bilan suhbat davomida ularning turar uy-joy, oziq-ovqat va vatanga qaytish uchun mablag‘lari yo‘qligi oydinlashgan.

Bosh konsulxona xodimlari Amirliklardagi "Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi" xayriya tashkiloti va faol o‘zbekistonliklar bilan birgalikda yordamga muhtoj ushbu fuqarolarga zarur ko‘mak ko‘rsatgan.

Ularning BAAda noqonuniy yashab kelgan muddatda hisoblangan 2 ming 178 AQSH dollari miqdoridagi qarzdorlik ushbu mamlakatning tegishli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ijobiy hal qilingan. 

Uzbekistan Airway milliy aviakompaniyasining BAAdagi vakolatxonasi esa ularning oilasi bag‘riga qaytishi uchun "Dubay-Toshkent" havo qatnoviga hech qanday to‘lovlarsiz chipta rasmiylashtirib bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-14 mart kunlari 19 nafar O‘zbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay ayol qaytarildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing