Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona qurildi

Bu qiziq

image

Joriy yilning noyabr oyidan Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik shahri Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona – "Ciel Dubai Marina" ish boshlaydi. Bu haqda “Dubai Media Office” xabar berdi.

Balandligi 377 metr bo‘lgan bino nufuzli "Dubai Marina" hududida joylashgan bo‘lib, amirlikning yangi me’moriy ramziga aylanadi. U hozirgi rekordchi – Shayx Zayd shossesidagi balandligi 356 metr bo‘lgan "Gevora" mehmonxonasidan o‘zib ketadi.

Loyiha "NORR Group" studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan, uni "The First Group" quruvchisi Dubaydagi "China Railway 18th Bureau Group" pudratchisi ishtirokida amalga oshirgan. Mehmonxonani "The First Group Hospitality" boshqaradi va u "InterContinental Hotels Group" (IHG) tarmog‘iga kiruvchi "Vignette Collection" brendi ostida ishlaydi.

"Ciel Dubai Marina"ning o‘ziga xos jihatlari:

  • 82 qavat va 1004 ta xona hamda apartament, ulardan Fors ko‘rfaziga panoramali manzara ochiladi;
  • noyob 12 qavatli atrium-bog‘;
  • balandligi qariyb 353 metrda joylashgan restoran;
  • 306 metr balandlikda joylashadigan va dunyodagi eng baland basseyn bo‘ladigan hovuz;
  • sakkizta restoran va bar;
  • Dubai Marina sohiliga, suv taksilariga, Dubai Marina Mall savdo markaziga, shuningdek, tramvay va metro bekatlariga bevosita chiqish.

Ciel Dubai Marina “Dunyoning eng baland mehmonxonasi” unvonidan tashqari yana ikki jahon rekordiga da’vogarlik qilmoqda – eng baland basseyn va eng baland klub. Ularning rasmiy tan olinishi ochilishdan so‘ng amalga oshishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni “Mukaab” deb nomlangan dunyodagi eng katta bino loyihasini qurishni boshlagani haqida xabar berilgan edi. Bu bino poytaxt Ar-Riyod shahrida joylashgan va 400 metr balandlikdagi ulkan kub shaklida bo‘ladi. Qurilish yakunlangach, u dunyodagi eng katta bino bo‘lishi kutilmoqda va 2 million kvadrat metr maydonni qamrab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay eng baland mehmonxona Ciel Dubai Marina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing