Dubay va Toshkent orasidagi parvozlar bosqichma-bosqich tiklanadi
Jamiyat
−
04 mart 1589 1 daqiqa
Joriy yilning 4 mart kunidan boshlab Toshkent-Dubay va Dubay-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha “UzAirways”, “CentrumAir” hamda “Qanot Sharq” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan reyslar bosqichma-bosqich tiklanadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Parvozlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
“UzAirways”
HY333 Toshkent-Dubay – 2026 yil 4 mart kuni soat 08:30 da (jadval asosida);
HY334 Dubay-Toshkent – 2026 yil 4 mart kuni soat 12:30 da (jadval asosida).
“CentrumAir”
C6-351 Toshkent-Dubay – 2026 yil 4 mart kuni soat 05:30 da (jadval asosida);
C6-352 Dubay-Toshkent – 2026 yil 4 mart kuni soat 10:25 da (jadval asosida).
“Qanot Sharq”
HH901 Toshkent-Dubay (DWC) – 2026-yil 4 mart kuni soat 05:10 da (jadval asosida);
HH902 Dubay-Toshkent – 2026-yil 4 mart kuni soat 10:30 da (jadval asosida).
Bundan tashqari, “CentrumAir” avikompaniyasi 5 mart kuni mahalliy vaqt bilan 10:40 da C6352 raqamli Dubay-Toshkent yo‘nalishida maxsus reys amalga oshiradi. Ushbu reysga 2-3-4 mart kunlari Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bekor qilingan reys yo‘lovchilari qabul qilinadi.
Live
Barchasi