DTM testlarning “X” varianti tarqalgani haqidagi xabarlarga izoh berdi
Jamiyat
−
04 avgust 2021
7324Ijtimoiy tarmoqlarda qator test savollari tarqalib, ular 2021-2022-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan imtihonlarda qo‘llaniladigan savollarning “X” varianti ekani aytildi.
Davlat test markazi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda «X variant» deya tarqatilayotgan test topshiriqlari 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emasligini va Davlat test markazi bazasida bunday test topshiriqlari mavjud emasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Davlat test markazi barcha abituriyentlar va ularning ota-onalaridan turli asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklarini va firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishlarini so‘ramoqda.
LiveBarchasi