DTM: test sinovlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 14 maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo‘limga ajratib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanni kiritilishi nazarda tutilgan.

Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari tomonidan ma’qullangan majburiy fanlar hamda bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha test topshiriqlarining taqsimoti va baholash mexanizmi bo‘yicha qo‘yidagi taklif keng jamoatchilik, ota-onalar hamda abituriyentlar diqqatiga muhokama uchun taqdim etilmoqda:

Majburiy fanlar bo‘yicha abituriyentlarga beriladigan savollar birinchi murakkablik darajasidagi savollar bo‘lib, ularga javob uchun - ona tili va tarix fanidan bir daqiqagacha, matematika fanidan – 1,5 daqiqagacha vaqt ajratilishi mo‘ljallangan. Test topshiriqlariga javob berish hamda javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish bilan birga test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi taklif etilmoqda.

"Mushtariylar o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini Davlat test markazining rasmiy telegram kanali (@rasmiy dtm)ning boti (@dtmga_murojaat_bot) orqali bildirishlari mumkin" deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat testmarkzi test sinovlarida o'zgarish

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar