Kim Chen In Shimoliy Koreyani “o‘zgartirishga” va’da berdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning 20 ta mintaqasida yangi loyihalarni amalga oshirish orqali KXDRni “o‘zgartirishga” va’da berdi. U tibbiyot muassasalari, ko‘ngilochar majmualar va sanoat korxonalari qurishini aytdi. Bu haqda bugun, 30 yanvar kuni “KCNA” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kim Shimoliy Koreyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Xvanxe provinsiyasida qurilish loyihasini boshladi. U o‘zgarishlar mamlakatning uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini qamrab olishini bildirdi.

Shimoliy Koreya rasmiylari mamlakatni “sotsialistik ertak”ka aylantirish rejalari haqida muntazam ravishda gapirib kelishadi. 2022 yil sentyabr oyida hukmron partiya ikkita yangi qonun orqali qishloq joylarda tub o‘zgarishlarni amalga oshirish rejalarini e’lon qilgan. 

Shu bilan birga, KXDR iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda, bu boshqa narsalar qatori yadroviy va raketa dasturlarini ishlab chiqish uchun xalqaro sanksiyalar, shuningdek, bir qator tabiiy ofatlar tufayli yuzaga kelgan.

Koreya Mehnat partiyasi (KMP) Markaziy qo‘mitasi joriy yilning 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida KMPning 9-s’ezdiga delegatlarni sayladi. U besh yil ichida birinchi marta o‘tkazilishi kutilmoqda. S’ezdda mamlakatning kelgusi siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishi yangidan belgilanadi, ammo aniq sana hali tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Shimoliy Koreyadagi hammomlarni ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgandi. Kimning so‘zlariga ko‘ra, odamlar uchun ajoyib dam olish xizmat bazasi sifatida qayta ta’mirlangan dam olish lageriga nazar tashlash, unga yana bir foydali ish qilganidan faxrlanish hissini uyg‘otgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya KXDR o'zgarish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing