DTM rahbari testlar qanday soddalashtirilishini ma’lum qildi
Jamiyat
−
02 may 2020
9997Avvalroq, bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun tuzilgan testlar soddalashtirilishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 2 may kuni AOKAda O‘zbekiston ta’lim sohasi rahbarlari bilan o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori Majid Karimov testlar qay tartibda soddalashtirilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
“Har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda”, dedi Majid Karimov.
Shuningdek, DTM direktori test sinovlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilayotgani va bu masalada qabul qilingan qarorlar tez kunlarda e’lon qilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini soddaroq o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilgandi.
LiveBarchasi