DTM OTMlarga o‘rtacha kirish ballarini e’lon qildi

Jamiyat

image

Davlat test markazi 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalarini e’lon qildi. Qayd etilishicha, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar abituriyent o‘qish istagini bildirib, ariza topshirgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilda 1 066 926 tani tashkil etgan. 

Joriy yilda 1 o‘ringa tanlov 10,6 ta abituriyentni tashkil etgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 10,3 edi. 

2020 yil 2-13 sentyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etgan. 

Test sinovlarining tanlov natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilingan. Bu o‘tgan yildagi qaraganda 37 718 taga ko‘p. 

Shundan: 

•    davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019 yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p); 

•    to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019 yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etilgan. 

Tanlov natijalariga ko‘ra: 

•    davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

•    to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110, 6 ballni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

DTM

Baholaganlar

2743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing