DTM OTMga hujjat topshirishni pullik qilib, yirik biznes ehromini qurmoqchi...mi?

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgach, endi OTMga hujjat topshirish ham pullik bo‘larkan va u 202 730 so‘m, ya’ni eng kam ish haqining bir barobari miqdorida belgilangani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

2019 yildan test sinovlarida ishtirok etish uchun talab qilinadigan pul miqdori eng kam ish haqining bir barobarida bo‘lishi hali to‘liq tasdiqlanmagan. Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Qahramon Haqberdiyev ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bu qaror loyihasi hozir ham xalq muhokamasida va vazirliklar bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda. Mazkur masalaga yana ham oydinlik kiritiladi. 

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, o‘tgan yili  814 ming abituriyent hujjat topshirib, ulardan 82 ming nafari o‘qishga qabul qilingan. Joriy yilda 744 000 nafar maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda o‘tgan yili o‘qishga kira olmagan 700 mingdan ortiq abituriyentlarning test jarayonlarida ishtirok etishi, umumiy kontingent 1,3 milliondan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, test sinovlarida ishtirok etish joriy yilning bitiruvchilari uchun bepul bo‘lsa-da, qolgan 600 mingdan ortiq abituriyent ko‘rsatilgan miqdorni to‘lashi talab etiladi. Ikkala miqdor hisoblab chiqilgan summaga Davlat test markazining yirik biznes ehromini qurish mumkin, deb o‘ylab qoladi kishi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda borayotgan qizg‘in muhokamlarga ko‘ra bu miqdor keskin qoralanmoqda. Test sinovlarida ishtirok etganlik uchun ma’lum miqdordagi to‘lovlar jahon tajribasida odatiy holga aylanib ulgurgan. Misol uchun, Turkiyada bu miqdor eng kam ish haqining 10 foiz miqdorida hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida 202 730 so‘m etib belgilanishi imtihon topshirishning o‘zi uchun katta qiymat hisoblanadi.Bu qiymat OTMga hujjat topshiruvchilarning soni kamayishiga ham sababchi bo‘lishi mumkin.

Yuqorida ta’kidlanganidek, bu narx hali qat’i tasdiqlanmagan bo‘lib, e’tirozlar va muhokamadagi fikrlar inobatga olingan taqdirda ko‘rsatilgan qiymat o‘zgartirilishi, ma’lum miqdorda kamaytirilishi mumkin. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat test markazi

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing