DTM: Matematika blokida informatikadan testlar bo‘lmaydi
Jamiyat
−
14 iyul 2019
5568O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 4-iyuldagi yig‘ilishi 1-son bayoni 12-ilovasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi” tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilida “Matematika” fanidan beriladigan test topshiriqlari tarkibida “Informatika” fanidan savollar bo‘lmaydi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.
Mazkur bayon tasdiqlanguniga qadar matematika fani tarkibida informatika ham mavjud edi. Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilgan "Abituriyentning qayd varaqasi"da “Matematika (informatika bilan)” deb yozilgan.
Bayonda keltirilgan fanlar majmuasida “Matematika” fani “Informatika”siz qayd etilgani sababli “Matematika” fanidan beriladigan test topshiriqlariga “Informatika” fanidan savollar qo‘shilmaydi.
LiveBarchasi