DTM mandat qachon e’lon qilinishi bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakuniy natijalari qachon e’lon qilinishi bo‘yicha bayonot berdi. 

Ma’lumki, test sinovlari 2 sentyabrdan 13 sentabrgacha, hududga kirishda tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 17 sentyabr kuni o‘tkazildi.

Hozirda Davlat test markazi tomonidan barcha abituriyentlarning test sinovida to‘plagan natijalari bo‘yicha ishlar yakuniga yetgan.

Lekin joriy yilda ko‘plab imtiyozlar (harbiy xizmatchilarning farzandlari, IIV organi xodimlari farzandlari, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi, xotin-qizlar va So‘x tumani uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari va boshqalar) ham test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga, ham kasbiy (ijodiy) imtihon orqali qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etilayotganligi hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 20 sentyabrga qadar davom etganligi sababli, tanlov natijalarini hisoblash ishlari endi yakunlanmoqda.

Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig‘ilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

Mazkur jarayon yakuniga yetgach, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon abiturient mandat

Baholaganlar

12541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing