DTM kirish imtihonlari uchun “glushitel” xarid qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat test markazi mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel) xarid qilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida so‘z borgan. 

Qaror loyihada qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlar markazida har yili Davlat test markazi tomonidan qo‘yiladigan talablar asosida mebellar (bir kishilik stol va stullar) bilan jihozlangan katta sig‘imli zallardan iborat bino yoki inshootlarni test sinovlarini o‘tkazish uchun ajratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi test sinovlari jarayonini yoritish maqsadida shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel), barmoq izlarini tekshiruvchi, metallodetektorlar, monitorlar bilan har yili test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni jihozlaydi.

2020 yildan boshlab:

Davlat test markazini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel), barmoq izlarini tekshiruvchi, videokuzatuv kameralari hamda audioyozuv qurilmalari xarid qilinadi;

barcha test sinovlari Davlat test markaziga ajratilgan bino va inshootlarda tashkil etiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat test markazi glushitel'

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing