DTM imtihon joyi va sanasi aniq bo‘lgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Bu qiziq
−
04 avgust 2020
22871Ijtimoiy tarmoqlarja bu yilgi kirish test sinovlari usti ochiq katta maydonlarda, ertalab va kechki smenada o‘tkazilishi, shuningdek, aniq sanalar belgilanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bu nechog‘li haqiqatga yaqin ekanligi yuzasidan markazning o‘zi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Davlat test markazining ma’lum qilishicha, ayni kunlarda markaz tomonidan eng avvalo test topshiruvchilar salomatligi xavfsizligini ta’minlagan holda tashkil etish borasida turli variantlar o‘rganib chiqilmoqda. Ushbu harakatlar hali o‘rganish bosqichida bo‘lganligi sababli, hozirdan “shunday bo‘ladi” qabilida xabarlar tarqatish abituriyentlarni chalg‘itishi, testga tayyorgarlik jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilgan.
Mana shularni hisobga olib, Davlat komissiyasi ko‘rsatmasi asosida sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan birgalikda, joriy yil qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun maqbul va xavfsiz joylar tanlanib, aniq sanalar belgilangach, Davlat test markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali ishonchli xabar beriladi, deyiladi xabarda.
Test sinovlarining kuni aniq bo‘lgunga qadar abituriyentlardan turli xabarlarga e’tibor qilmasdan vaqtdan unumli foydalanishlarini, test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishlari Davlat test markaz tomonidan so‘rab qolingan.
LiveBarchasi