DTM binosida “svet” o‘chgan. Onlayn qabulda muammolar bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image
Qulayotgan energetika tizimi: “Shamda televizor ko‘rayotgan” avlod yoxud va’daboz a’yonlar kimga kerak? north_east

Qulayotgan energetika tizimi: “Shamda televizor ko‘rayotgan” avlod yoxud va’daboz a’yonlar kimga kerak?

Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida, jumladan Davlat test markazi joylashgan hududda elektr energiyasi yo‘qligi sababli my.dtm.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda DTM ogohlantirish bermoqda.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Bugun, 10 iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 206 332 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, elektr toki ta’minotida uzilishlar bo‘lishi so‘nggi kunlarda poytaxt Toshkent uchun ham oddiy hol bo‘lib qolmoqda. Xususan, joriy yilning 7 iyul kuni Toshkent metropolitenidagi bekatlarda elektr energiyasi uzilib qoldi.

Poytaxt hududida soatlab elektr energiyasi uzilib qolishi jamoatchilikning noroziligi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing