DSQ tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi
Jamiyat
−
26 fevral 2019
9745O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi qaroriga asosan Toshkent shahri xududida 1 martdan 1 iyulga qadar onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tajriba loyihasida ishtirok etishga chaqirdi.
Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun qaror bilan belgilangan fiskal ma’lumotlar operatoriga, ya’ni “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markaziga yozma murojaat qilib, fiskal moduliga ega bo‘lishi talab etiladi. Tajriba loyihasini o‘tkazish davrida fiskal modul bepul beriladi.
So‘ngra fiskal modulni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali “Yuridik shaxslar nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish” interaktiv xizmati yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan fiskal modulni elektron hisoblash mashinalariga yoki boshqa qurilmalarga o‘rnatish va sozlash ishlarini bajargandan so‘ng tadbirkorlik subyekti tajriba loyihasi ishtirokchisiga aylanadi.
Bundan tashqari, “Yuridik shaxslar nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish” interaktiv xizmatida kun davomida kassa cheklari bo‘yicha tushumni ko‘rib borish imkoniyati yaratilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr