Dovurxon Karomatov Paralimpiya o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Tokio-2020 Paralimpiadasining dzyudo bahslarida erkaklar o‘rtasida 81 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Dovurxon Karomatov oltin medal uchun kechgan final bahsida mag‘lubiyatga uchradi.

Finalda unga ozarbayjonlik Xuseyn Rahimli raqiblik qildi. “Oltin ochkolar” uchun kechgan bahsda Karomatov ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 avgust kuni “Nippon Budakan” arenasida o‘tayotgan dzyudo bahslarida tatamiga ko‘tarilgan 4 nafar o‘zbekistonlik sportchining barchasi medal qo‘lga kiritdi:

73 kg: Feruz Saidov – oltin medal;
81 kg: Dovurxon Karomatov – kumush medal;
57 kg: Parvina Samandarova – kumush medal;
63 kg: Nafisa Sheripboyeva – bronza medal.

Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 11 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.


Maqola muallifi

Teglar

oltin medal' Dzyudo Tokio-2020 Paralimpiada Dovurxon Karomatov

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing