Dovondagi YTHda mashina daryoga quladi. O‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Jamiyat
−
02 Avgust 2019 7447 1 daqiqa
Tojikistonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH joriy yilning 30 iyul kuni So‘g‘d viloyatidagi Shahriston dovonida sodir bo‘lgan va avtomobil daryoga qulagan. Natijada O‘zbekiston furqarosi A.D. vafot etgan. Boshqa o‘zbekistonlik A.N. jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida Vatanga yuborildi.
O‘zbekistonning Tojikistondagi Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va jarohatlangan o‘zbekistonlikka yordam berib konsullik-huquqiy masalalari bilan shug‘ullanmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr