Doston Ro‘ziyev Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Ayni kunlarda Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazilmoqda. Bugun, 1 fevral kuni 19 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirokini boshladi.

-60 kg vazn toifasida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan O‘zbekiston vakili Doston Ro‘ziyev final bahsida jahon chempionati sovrindori, gruziyalik Georgiy Sardalashvilini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida -52 kg vaznda Gulhayo Jo‘rayeva O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi. Jo‘rayeva finalda fransiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy berib, faoliyatida ilk bor kattalar o‘rtasidagi yirik musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi.

Kun dasturida o‘zbekistonlik dzyudochilardan -66 kgda Sardor Nurillayev tatamiga chiqdi. U bronza medali uchun bahsda braziliyalik Vilyam Lima bilan kurashadi. 

Ma’lumot uchun, “Katta dubulg‘a” 3 martga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Doston Ro'ziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing