Dorboz faol vulqon krateridan yurib o‘tdi (video)
Olam
−
06 mart 2020
642541 yoshli taniqli dorboz Nik Vallenda Nikaraguadagi faoli Masaya vulqoni ustidan tortilgan dordan yurib o‘tdi.
Vallenda bu tryukni faoliyatidagi eng murakkabi deb baholagan. Dorboz vulqon kratiyeridan o‘tayotganda u yerdagi lavadan chiqayotgan gazlardan zaharlanmaslik uchun respirator taqib olgan.
Vallenda bu tryukni bajarish uchun bir necha yil davomida mashq qilishi kerak bo‘lgan.
Dorboz vulqon ustidan tortilgan 550 metrlik dordan 31 daqiqada yurib o‘tgan. Bu vaqtda uni 17 ta kamera va 4 ta dron tasvirga olib turgan.
Vallenda bundan oldin Nyu-Yorkda ikki osmono‘par bino orasida tortilgan dordan yurib o‘tgandi. 2013 yilda esa Grand-Kanon darasi ustida tortilgan dordan xavfsizlik vositalarisiz yurib o‘tib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan.