Doping testidan o‘ta olmagan biatlonchi Olimpiadada ishtirok etadi

Sport

image

Italiyalik biatlonchi Rebekke Passler antidoping qoidalarini buzgani uchun vaqtinchalik diskvalifikatsiyadan oqlanib, Olimpiadada ishtirok etish huquqini tikladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Joriy yilning 2 fevral kuni Italiya dopingga qarshi milliy tashkiloti sportchining namunasida letrozol va metanol moddalari aniqlangach, uni musobaqadan diskvalifikatsiya qilgandi. Agentlik Passlerning taqiqlangan moddani tasodifan qabul qilgani haqidagi izohini inobatga olib, unga o‘yinlarga yo‘llanmani qaytarib bergan. Rebekka joriy yilning 16 fevral kuni jamoaga qo‘shiladi.

“Bu juda qiyin kunlar bo‘ldi. Men doim o‘zimga ishonganman. Menga yordam bergan barchaga — vaziyatimni hal qilgan advokatlardan tortib, Qishki sport federatsiyasi, oilam va do‘stlarimgacha minnatdorlik bildiraman. Endi men nihoyat biatlonga to‘liq e’tibor qaratishim mumkin”, deydi Passler.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli biatlonchi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida yettita medal, jumladan, bitta oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Rebekke Passler Jahon kubogi estafeta bahslarida ikkita bronza medaliga ega.  2025-2026 yilgi mavsum umumiy reytingida 33-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada biatlon Rebekke Passler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing