Doniyor Saliyev Paralimpiadaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi
Sport
−
02 Sentabr
3534Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarining para yengil atletika bo‘yicha bahslarida o‘zbekistonlik Doniyor Saliyev delegatsiya hisobiga yana bitta medalni qo‘shib qo‘ydi.
Yengil atletika bo‘yicha T12 klassidagi uzunlikka sakrash bahsida Saliyev 7,16 metr natija qayd etishga erishdi. Bu natija bilan paraatlet kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston Paralimpiada delegatsiyasi jamg‘argan medallar soni 12 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘yinlarning taekvondo turi bo‘yicha yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi va bir nafar yengil atletikachi O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 3 ta medalni qo‘shib qo‘ygandi.
LiveBarchasi