Erdo‘g‘an va Putin uchrashuvi 1 soat 40 daqiqa davom etdi
Olam
−
08 yanvar 2020
10152Avval xabar berganimizdek, bugun, 8 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. QALAMPIR.UZ’ning Turkiyadagi manbasining xabar berishicha, davlat rahbarlarining uchrashuvi Istanbuldagi Xalich kogress markazida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv 1 soat 40 daqiqa davom etgan. Biroq, unda davlat rahbarlari qaysi mavzularni muhokama qilgani ma’lum emas. Boisi uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tgan. Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tgan. Shunday so‘ng, ommaviy axborot vositalari kongress markazidan chiqarib yuborilgan.
Aslida Putin va Erdo‘g‘an Suriya va Liviya masalasini muhokama qilishi rejalashtirilgan edi. Ammo muhokamada Eron va AQSH o‘rtasidagi keskin vaziyat ham kun tartibiga chiqqani ma’lum.
Eslatib o‘tamiz, aslida Putin Turkiyaga “Turk oqimi” gaz quvurini ishga tushirish marosimida ishtirok etish uchun ishchi tashrif bilan borgan edi. Erdo‘g‘an bilan uchrashuv belgilangandan uzoq davom etgani sabab, gaz quvurini ishga tushirish marosimi ham kech boshlandi.
LiveBarchasi