Donald Tramp Xanoyda Kim Chen Inga jiddiy talablar qo‘ygan

Olam

Trump

AQSH prezidenti Donald Tramp joriy yilning fevral oyida Xanoy shahrida KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvda unga bir hujjat bergan. Hujjatda Shimoliy Koreya yadro quroli va yonilg‘isini AQSHga ko‘chirish bo‘yicha takliflar bildirilgan. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Xanoydagi Metropol mehmonxonasida KXDR yetakchisiga hujjatning koreys va ingliz tilidagi shaklini taqdim etgan.

Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, AQSHning fikriga ko‘ra, shu hujjat Shimoliy Koreyaning yakuniy va tamomila yadrosizlanishini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan.

Hujjatda KXDR yadro infratuzilmasini to‘la demontaj qilish, biologik va kimyoviy qurol yaratish dasturlari, shuningdek, ballistik raketalar va ularga doir binolarni yo‘q qilish kabi bandlar keltirilgan.

Bundan tashqari, hujjatda rasmiy Px’enyan o‘zining yadro dasturi bo‘yicha atroflicha deklaratsiya taqdim etishi va har qanday yadroviy infratuzilma qurilishini to‘xtatish, shuningdek, AQSH va xalqaro inspektorlarning mamlakatga kirishi uchun ruxsat berish kabi talablar bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ikkinchi uchrashuvi 27-28 fevral kunlari Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar belgilangandan ikki soat avval to‘xtatilgan va yakunda hech qanday qo‘shma hujjat imzolanmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-KXDR yadro dasturi

Baholaganlar

86

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing