Don bo‘yicha kelishuv uzaytirilishi dargumon – Peskov
Olam
−
12 aprel 2023
5944Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Don bitimini uzaytirish ehtimoldan yiroq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Moskvada jurnalistlar bilan o‘tkazgan brifingda aytib o‘tdi.
Peskov Turkiya, Ukraina, Rossiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasida 2022 yilning 22 iyul kuni Istanbulda imzolangan Don yo‘lagi bitimning Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini jo‘natish bilan bog‘liq qismi bajarilmayotganini aytdi.
"Shartnoma to‘liq muddatga emas, balki 60 kunga uzaytirildi, chunki bu kelishuvning yarmi amalga oshirilmadi va hozir ham amalga oshmayapti. Bilamizki, BMT vakillari bu borada tashabbus ko‘rsatgan, ammo kelishuvning ikkinchi qismi haligacha bajarilmagan. Hech qanday bitim bir oyoqda turolmaydi, u ikki oyoqda turishi kerak. Demak, hozircha bitimni uzaytirish ehtimoldan yiroq”, deydi Kreml matbuot kotibi.
Shuningdek, Peskov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyaga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida ishtirok etishi uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan hali ham viza berilmaganiga e’tibor qaratgan.
“Buni salbiy qabul qilamiz. Amerika Qo‘shma Shtatlari, BMT shtab-kvartirasi qayerda joylashgan bo‘lsa, u o‘zining barcha majburiyatlarini bajarishi kerak”, dedi.
Shohjahon Majitov
LiveBarchasi