Rossiya va Ukraina Oleşkida öt oçişni töxtatdi
Olam
−
10:32 1016 2 daqiqa
Rossiya va Ukraina kelişuvga asosan Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida öt oçişni töxtatdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, gumanitar operatsiyaga tayyorgarlik köriş munosabati bilan 2026 yil 27 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 04:00 dan boşlab Xerson yönalişida öt oçiş töxtatilgan va “sukunat rejimi” joriy etilgan.
Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ham 27 oktyabr kuni Kiyev vaqti bilan soat 03:00 dan boşlab vaqtinça bosib olingan Oleşki şahrida gumanitar operatsiya ötkaziş uçun muayyan hududda öt oçişni töxtatiş rejimi joriy etilganini ma’lum qilgan. Ukraina tomonining bildirişiça, sukunat rejimi şaharda qolgan aholiga yordam yetkaziş va tinç aholining Oleşkidan erkin çiqib ketişiga tayyorgarlik köriş maqsadida örnatilgan. Ukraina harbiylari aholiga yordam beriş va ularning xavfsizligini ta’minlaş uçun qölidan kelgan barça işni qilişini ta’kidlagan.
Oleşkida sukunat rejimini joriy etiş 27 oktyabrga, gumanitar missiyani amalga oşiriş esa 29 oktyabrga belgilangan. Kelişuvga köra, Rossiya tomoni yöllarni minalardan tozalaşi, Ukraina esa qamalda qolgan aholini evakuatsiya qilişga tayyorgarlik körişi kerak.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning sözlariga köra, vaqtinçalik sulhga erişiş taşabbusi 23 oktyabr kuni AQŞ tomonidan e’lon qilingan. Uning amalga oşişida AQŞ Prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp vositaçilik qilgan.
Zelenskiy Rossiya armiyasi jarayonni obrösizlantirişga urinişi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning fikriça, Moskva aholini öz tomoniga oğdirişga harakat qilişi va gumanitar evakuatsiyadan tarğibot maqsadida foydalanişi mumkin.
“Ukrainaning ustuvor vazifasi — qamalda qolgan aholini qutqariş va ularning nazorat ostidagi hududga yetib borişiga yordam beriş”, deydi Zelenskiy.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr